Oston gol urgan o‘yinda "Persepolis" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

  • 28 may, 2024, 23:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron chempionati 29-turidan o‘rin olgan "Shams Azar Qazvin" va "Persepolis" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda tehronliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

"Persepolis" safida harakat qilayotgan legionerimiz Oston O‘runov bahsni asosiy tarkibda boshladi va jamoasining ilk goliga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, "Persepolis" chempionat yakuniga bir tur qolganida 65 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!