Oskar Bobb: "Hali o‘zimni asosiy tarkib o‘yinchisi deb hisoblamayman"

  • 9 sentabr, 15:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning 22 yoshli norvegiyalik vingeri Oskar Bobb jamoadagi roli haqida fikr bildirdi. U joriy mavsum Angliya Premer-ligasining dastlabki uch uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Tecno

"Hali erta o‘zimni asosiy tarkib o‘yinchisi deb aytishga. Men o‘ynaydigan pozitsiyada bir necha futbolchi jarohat oldi. Shuning uchun menga hech narsa kafolatlanmagan. O‘zimni bu o‘rin egasi deb hisoblamayman", — dedi Bobb "Sport Witness" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining bu mavsumdagi bahslarida u hozirgacha 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!