
Osiyoning ayni damdagi eng qimmat futbolchilari (top-10)
Transfermarkt sayti Osiyo qit’asining ayni damdagi eng qimmat futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.
Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasidan kutilganidek, "Tottenxem" forvardi Son Xin Min turibdi. Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi 64 mln evroga baholanmoqda.
Quyida Osiyoning eng qimmat 10 ta futbolchisi bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Son Xin Min ("Tottenxem", Janubiy Koreya) - 64 million evro.
2. Takefusa Kubo ("Real", Yaponiya) - 30.
3. Li Kan In ("Valensiya", Janubiy Koreya) - 20.
4-5. Takexiro Tomiyasu ("Bolonya", Yaponiya) - 18.
4-5. Sardor Azmun ("Zenit", Eron) - 18.
6. Xvan Xi Chxan ("RB Leyptsig", Janubiy Koreya) - 15.
7-8. Daiti Kamada ("Ayntraxt", Yaponiya) - 12.
7-8. Seya Nakadzima ("Portu", Yaponiya) - 12.
9-10. Takumi Minamino ("Liverpul", Yaponiya) - 10.
9-10. Mexdi Taremi ("Portu", Eron) - 10.
Fikrlar