Osiyo qit’asida JCh saralash bosqichining formati va qaysi sanalarda o‘tkazilishi ma’lum qilindi (foto)

  • 1 avgust, 2022, 12:16
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionatining Osiyo qit’asi uchun saralash bosqichi formati e’lon qilindi. Shuningdek, saralashning qaysi kunlari bo‘lib o‘tishi ham ma’lum bo‘ldi. 

Tecno

Unga ko‘ra, Jahon chempionati Osiyo qit’asining birinchi saralash bosqichida 22 jamoa ishtirok etadi. Mazkur saralash reytingda 26 dan 47-o‘rinda joylashgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 

Ikkinchi bosqichda 36 jamoa qatnashadi. Reytingda 1 dan 25 gacha bo‘lgan pog‘onalarda joylashgan mamlakat jamoalari hamda birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan 11 ta jamoa ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.  36 terma vakillari 4 tadan 9 guruhga bo‘linadi. 1 -o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 3-bosqichga yo‘llanma oladi. Shuningdek, eng yaxshi 3 ta terma navbatdagi bosqichga chiqadi.

3-bosqichda 6 tadan jamoa 2 guruhga bo‘linadi. 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri JChga yo‘llanma olsa, 3-o‘rin sohiblari o‘zaro maydonga tushadi. Undagi g‘olib terma Janubiy Amerika va Okeaniya qit’asi g‘olibi bilan mundial yo‘llanmasi uchun bellashadi.

Birinchi saralash bosqichi oktyabr oyida, ikkinchisi 2023 yil noyabrdan 2024 yil iyun oyiga qadar, uchinchi bosqich 2024 sentyabrdan 2025 yil iyuniga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.  

jch ok

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
01/08/2022 12:25
Рекламани боплаяпсизлар шундай давом этилар бир кун буни ҳам суруштирувчилар чиқиб қолар