Osiyo o‘yinlari. To‘raboev oltin medal sohibiga aylandi

CHERY AUTO

Xitoyning Hanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Tecno

O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasi yana bir oltin medal bilan boyidi. Bayroqdorimiz Muzaffarbek To‘raboev dzyudo bo‘yicha -100 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritib, ushbu Osiyo o‘yinlaridagi beshinchi oltin medalimizni keltirdi.

Hamyurtimiz qiziqarli kechgan final bahsida mo‘g‘ulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!