Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston OTJ guruhidagi ikki jamoa musobaqada ishtirok etmasligini ma’lum qildi

  • 17 sentabr, 2023, 20:38
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarining futbol dasturida "C" guruhidan o‘rin olgan Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz taqvimida o‘zgarish.

Tecno

Dastlabki qur’a natijasiga ko‘ra, ushbu kvartetdan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Suriya va Gonkong jamoalari o‘rin olgan edi. Ammo guruh bahslari boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg‘oniston futbol jamoalari XIX Osiyo o‘yinlarida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan.

Vaziyatdan chiqish maqsadida o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi bu holat bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasiga murojaat qildi va yakunda guruhda qolgan 2 jamoa ishtirokni davom ettirishi ma’lum qilingan.

Shu bois, endi O‘zbekiston va Gonkong jamoalari o‘zaro ikki uchrashuvda kuch sinashgan holda guruh g‘olibini aniqlab olishadi. Yangi taqvim bo‘yicha o‘yinlar 22 va 25-sentyabr sanalariga belgilandi.

Manba: olympic.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
18/09/2023 13:36
... "Аммо гуруҳ баҳслари бошланишига 2 кун қолганида Сурия ва Афғонистон футбол жамоалари ХИХ Осиё ўйинларида иштирок эта олмаслигини маълум қилган." "ХИХ",- бу қанақа абриватура.
Хитой-Хихонг Иттифоқими?
&
-!-NAVIGATOR-!-
17/09/2023 21:02
Ha bechora gangkongga rahmim kelayapti
Норов Абдужалил
17/09/2023 20:50
Бу бизни футболчиларга яхши. Плейоф уйинларига катта куч ва йукотишларсиз етиб боради
ХОЛМУРОДОВ АМИР
17/09/2023 20:44
Нега катнашмайди жарима килиш керак