
Osiyo kubogi U-20. Xitoy termasi kutilmaganda Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi
Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining 2-tur o‘yinida Xitoy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda "Chin yurti vakillari" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Xitoyliklar safida gollarni Mutallib Iminqari va Bin Shu kiritdi. Saudiyaliklar bu turda gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.
Fikrlar