
Osiyo kubogi avj olgan paytda "Surxon" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi (foto)
"Surxon" jamoasi bosh murabbiy lavozimiga Sergey Arslanov tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Arslanov O‘zbekistondagi eng iqtidorli yangi avlod murabbiylaridan biridir. 2011 yildan boshlab Arslanov murabbiylik faoliyatini bolalar futbolida boshlagan. 2019 yilda O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib, mamlakat o‘smirlar futbolini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.
2020 yildan 2022 yil yanvarigacha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi texnik direktori lavozimida ishlagan. O‘tgan yili Qirg‘izistonda bosh murabbiy bo‘lib, “Dordoy” klubiga ustozlik qilgan. Arslonov “Dordoy” bilan OFK kubogida ham ishtirok etgan. Aytish joizki, mutaxassis PRO litsenziyasiga ega.
Fikrlar