
Osiyo chempionati U-23. Islomjon Qobilov to‘purarlar poygasida peshqadam (Foto)
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda BAAni yirik 5:1 hisobida engib, yarim finalga yo‘l oldi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 4 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi. Shulardan 3 tasi jamoa sardori Islomjon Qobilovga tegishli. Himoyachi gollarning barchasini penaltidan kiritdi va chempionat to‘purarlari qatorida etakchilik qilyapti. Agar vakilimiz Xitoyga qarshi bahsda ikkinchi penaltidan darvozani ishg‘ol etganda, mutloq peshqadamga aylanardi.
Hozircha, musobaqada 3 gol urgan 4 o‘yinchi poygada peshqadamlik qilmoqda. Ular orasida hamyurtimiz etakchi. Sababi qolgan 3 futbolchi musobaqa bilan xayrlashdi. Ular tailandlik Jaroensak Vonggorn, iroqlik Muhammad Nassif hamda BAA futbolchisi Zayid Al Amiridir.
Terma jamoamiz yurishni davom ettirayotgani bois Islomjon Qobilovda bu natijani yaxshilash imkoniyati bor.
O‘zbekiston OTJda gol urgan futbolchilar:
Islomjon Qobilov – 3 (barchasi penaltidan)
Nurillo To‘xtasinov – 2
Bobir Abdixoliqov, Ilhomjon Alijonov, Oybek Bozorov, Jasurbek Yaxshiboev – 1.
Fikrlar