O‘runovning yoshi “urilgan”mi? O‘zbekistonlik murabbiylar Yuranga nimalar degandi? Futbolchida qanday dalillar bor? - Oston barchasi haqida ochiq-oydin gapirdi

  • 4 iyul, 2022, 17:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futboliga qadam qo‘yganidan beri shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Oston O‘runov 2020 yilning dekabr oyida yana futbol jamoatchiligi e’tiboriga tushgandi.

Tecno

Yaqin o‘tmishning taniqli futbolchisi Sergey Yuran “SKA-Xabarovsk” jamoasini boshqarayotgan payt “Spartak” jamoasi transferlariga munosabat bildirib, Oston O‘runovning yoshi 4-5 yilga kichraytirilganini iddao qilgandi. Sergey Yuranning bildirishicha, bu gapni unga O‘zbekistondagi murabbiylar aytgan ekan.

- Bizda futbolchilarning yoshi besh yilga, hatto 10 yoshgacha kichraytiriladi. Kokorin masalasi hamon tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. “Ufa”dan futbolchi olindi. Yosh o‘yinchi, deyishmoqda Lekin u aslida hozirgidan 4-5 yosh katta ekanini hamma biladi. Bu sir emas. Hatto “Spartak” rahbariyati ham hayron bo‘lgandi.

Buni bitta odam aytmagan. O‘zbekistonda tanish murabbiylar bor. Biz o‘zaro muloqot qilib turamiz. Ehtimol, ular ko‘p narsani bilar. Shu bilan birga aytish mumkinki, men aniq bir raqamni aytmadim: 5 yoki 10 yosh katta, deb. Men shunchaki futbol olamida shunday gap bor, ammo ular 100 foiz, deya olmayman.

O‘runov "Spartak"ga o‘tganida, menga qo‘ng‘iroq qilib, "Eshit, u 19 yoshda emas. Bu O‘zbekistonga ma’lum, deb aytishgan. Men aniqlik kiritdim: "Nima, yoshi kattami?". Ular "Ha, biroz kattaroq”, - dedi Sergey Yuran.

photo_2020-12-17_20-03-26

Albatta, futbol olamida mashhur bo‘lgan mutaxassisning fikri bee’tibor qolgani yo‘q. “Spartak”, “Ufa” klublari bunga rasmiy munosabatini bildirib, Yurandan aytgan gaplarining isbotini talab qilganda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham jiddiy munosabat bildirgan. Yakunda Sergey Yuran fikrini isbotlab bera olmagandi.

Yaqindagina Oston O‘runovning o‘zi bu bahs-munozaralar oxiri nima bilan tugagani haqida aytib berdi. Futbolchi SPORT.Suz saytining yutubdagi sahifasida “Gapiraman” loyihasining mehmoni bo‘ldi va bunga aniqlik kiritdi.

- Bu xabarni eshitganimda, oldimda yaqinlarim bor edi va ortiqcha e’tibor bermasdan kulgandim. Keyin yolg‘on xabardan o‘rtoqlarimning jahli chiqdi.

Biz u insonga buni isbotlab berishini aytganmiz. Murabbiylarim, o‘qituvchilarimiz, O‘FA bayonot bergan. Menda hamma hujjatlar bor, qachon, qaerda nima bo‘lgani borasida. Balki Sergey Yuran aniq aynan mening yoshim kichraytirilganini aytmagandir. Unga o‘zimizning murabbiylardan kimdir gapirgan va uning og‘zidan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin. Men Sergey Yurandan hafa bo‘lmadim, e’tibor ham qilmadim.

ElqsClWX0AI16KJ

Yosh borasida ko‘pchilik tashqi ko‘rinishimga qarab gapirishi mumkin. Menimcha, bu o‘yindan kelib chiqib aytiladi. Agar yaxshi harakat qilsangiz shunday fikrlar yangraydi. Masalan, mendan ko‘rinishi ancha katta futbolchilar bor. Lekin ularning saviyasi unchalik yuqori bo‘lmagani uchun gapirishmaydi.

Sergey Yuran yoshim kichraytirilganini isbotlab bera olmadi. Men bunday gaplarga hafa bo‘lib yurmayman. Mening agentlarim bor va ular gaplashib olishgan. Bunday narsalarga aralashib o‘tirmaganman, - dedi Oston O‘runov.

Oston O‘runov 2000 yilning 19 dekabr kuni Navoiyda tug‘ilgan. “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli yarim himoyachi professional futbolchi sifatida “Navbahor”da shakllangan. 2017 yilda “Paxtakor”dan “Navbahor”ga o‘tgan Oston o‘sha yili 16 sentyabrda O‘zbekiston milliy chempionatidagi debyut uchrashuvini “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘yinda nishonlagan.

Yosh futbolchi rasmiy uchrashuvlardagi birinchi golini 2017 yilning 19 noyabr kuni “Navbahor”ning AGMKga qarshi o‘yinida kiritgan edi.

Oston "Navbahor”da ikki yil to‘p tepib, jami 51 o‘yinda raqiblar darvozasini uch marta aniq nishonga oldi. U 2018 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

O‘runov 2019 yilning iyul oyida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga o‘tdi. Poytaxtliklar safida 13 o‘yinda qatnashgan futbolchi o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Superligadagi ishonchli o‘yinlari tufayli mutaxassislar e’tiboriga tushgan Oston O‘runov 2020 yilning fevral oyida legionerga aylandi. “Ufa” tarkibida Rossiya premer-ligasida o‘zini ko‘rsata olgan 19 yoshli Oston ufaliklar jamoasida ham uzoq ushlanib qolmadi.

Rossiya futbolining eng mashhur jamoasi “Spartak” uni yozgi transferlar vaqtida 1,5 million evro evaziga transfer qilgandi. Ammo jamoada o‘z o‘rnini topib keta olmagach, “Ufa”ga ijaraga berildi va yaqindagina moskvaliklar safiga qaytdi.

 

Bekzod ISAEV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!