O‘runovning ishlari yurishib ketdi. Ostonga Moskva klubi ham xaridor!

  • 1 iyul, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” asosiy tarkibdan joy berishni istamayotgan Oston O‘runov faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirish imkoniyatini saqlab turibdi.

Tecno

O‘tgan mavsumni ijara asosida “Ufa”da o‘tkazgan hamyurtimiz chempionatning ikkinchi  qismida yuqori saviyada to‘p tepdi. Birinchi davrada jarohati tufayli asosiy tarkibga kirishga qiynalgan Oston chempionat yakuniga kelib, yuqori sport formasini tiklab oldi va qisqa muddatda Boshqirdiston klubi etakchilaridan biriga aylandi.

0_4

“Ufa” premer-ligadan tushib ketganidan keyin Oston O‘runovning faoliyati katta so‘roq ostida qolgan edi. Chunki “Spartak” bilan 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan o‘yinchimizni moskvaliklar tezroq jamoadan ketkazmoqchi edi.

 “Spartak” yozda deyarli barcha legionerlar, ular orasida Oston O‘runov bilan xayrlashishga harakat qilayotganini e’lon berdi.

Yozgi transferlar bozori qizg‘in pallaga kirgan bir paytda O‘runovni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinayotgan jamoalar safi ko‘payib bormoqda. Dastlab, legionerimizga Osiyo mamlakatlari vakillaridan chorlovlar bo‘layotgani aytilgansa bo‘lsa, endi unda faoliyatini preier-ligada davom ettirish variantlari ham taqdim etilmoqda.

Birinchi bo‘lib, premer-ligadagi joyini bazo‘r saqlab qolgan “Ximki” klubi kelasi mavsum oldidan  tarkibini  kuchaytirish uchun O‘runovga og‘iz sola boshladi. Bu klub hamyurtimizni “Spartak”dan ijaraga olishga ham, agar moskvaliklar shartnoma bekor qilsa, to‘liq transfer qilishga ham tayyor.

Endi Rossiya chempionatining quyi ligasi – Milliy futbol ligasida g‘olib chiqib, elitaga qo‘shilgan Moskvaning “Torpedo” klubi o‘zbek futbolchisini poytaxtda olib qolmoqchi.

“Torpedo” kelasi mavsum premer-ligada qolish uchun kurashadi. Shu bois, tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishi talab etiladi. Bu klub birinchilardan bo‘lib, O‘runovni “Spartak”dan ijaraga olishga urinmoqda.

Mutaxassislar O‘runovning shartnoma bo‘yicha olayotgan maoshini premer-liganing har qanday jamoasi ham ko‘tara olmasligini ta’kidlab, aynan mana shu masala transferga xalaqit qilishi mumkinligini ta’min qilmoqda.

Ayrim manbalar “Spartak” O‘runovga shartnoma bo‘yicha yiliga 600 ming evro to‘layotgani haqida xabar tarqatgan. Bu summa Rossiya miqyosida ham katta maosh hisoblanadi. O‘runovni olmoqchi bo‘layotgan jamoalar uning maoshini bir qismini “Spartak” to‘lashidan umid qilmoqda.

Oston O‘runov “Paxtakor” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, “Paxtakor” iste’dodli yarim himoyachiga asosiy tarkibdan joy bermagan. Natijada O‘runov “Navbahor”dp professional futbolchi sifatida shakllandi va tanildi.

Keyinchalik yosh o‘yinchini Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 2020 yilning fevralida Rossiya premer-ligasi vakili “Ufa” iqtidorli o‘yinchimizni legionerga aylantirdi.

Yarim mavsum davomida o‘z salohiyatini namoyish etgan O‘runov 2020 yilning yozida “Spartak” bilan besh yillik bitim tuzdi. Keyin esa uning faoliyatida muvaffaqiyatsiz davr yuz berdi. Endi ikki mavsum davom etgan bu omadsizliklar ortda qolgan ko‘rinadi.

volga_24

Rossiya premer-ligasida transferlar bozori hali davom etadi. Demak, Oston O‘runov uchun yangi imkoniyatlar ochilib boraveradi.

Evropa klubi o‘zbek futbolchisiga “klient” qidiryapti!

Shomurodovni "Roma"dagi do‘sti bilan boshqa superklubda kutishyapti!

Shomurodovga raqobatni boy bergan hujumchi “Real”da Benzema o‘rnini egallaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!