
O‘runovning darajasi “Spartak”ga mos emas
“Spartak”ning sobiq futbolchisi Igor Ledyaxov o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovning jamoaga qaytganiga munosabat bildirdi.
- O‘runov – “Spartak” o‘yinchisi va shuning uchun ham uning masalasini klub hal qilishi talab etiladi. Futbolchining shartnomasi bor va uni bajarish kerak. Agar legioner jamoaga kerak bo‘lmasa, uni sotib yuborgan ma’qul.
Shaxsan men O‘runovni “Spartak”ning asosiy tarkibi o‘yinchisi, deb hisoblamayman. Jamoadagi boshqa yarim himoyachilar undan kuchli. O‘runov “Ufa”da uzoq vaqt o‘ynagani yo‘q.
“Spartak” yuqori saviyali klub va futbolchilarning darajasi ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. O‘runov klubga mos emas, - dedi Igor Ledyaxov.
Fikrlar