O‘runovga yangi murabbiy yordam beradi

  • 21 aprel, 2021, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida qolish uchun kurashayotgan “Ufa” yaqinda bosh murabbiylikka Aleksey Stukalovni taklif etgan edi. Bu mutaxassis qo‘l ostida ufaliklar Moskvada “Spartak”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, shov-shuv ko‘tardi.

Tecno

Endi “Ufa” rahbariyati murabbiylar shtabiga yangi mutaxassisni jalb qildi. Yakov Erlix ufalik futbolchilarning jismoniy tayyorligi uchun mas’ul etib tayinlandi. 32 yoshli mutaxassis bungacha “Olimp-Dolgoprudniy” jamoasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Oston O‘runov “Ufa” tarkibida “Spartak”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashmadi. Hamyurtimiz jarohatini davolatmoqda. Yakov Erlix legionerimizga tezroq tiklanib, jismoniy holatini ko‘tarib olishiga yordamlashishi kerak bo‘ladi.

"Ufa" premer-ligada 20 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. O‘runov jamoasi navbatdagi turda o‘z maydonida "Sochi" futbolchilarini qabul qiladi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!