
O‘runov va Kokorinning qismati birmi? (G‘alati o‘xshashlik)
“Spartak” jamoasiga Oston O‘runov bilan bir paytda kelga Aleksandr Kokorinning massajchisi Sergey Kolesnikov poytaxt klubi tibbiy xizmatini tanqid ostiga oldi.
- E’tibor bering, “Spartak”ga Oston O‘runov kelganidan keyin ketma-ket jarohat oldi. Kokorinda ham shunday bo‘ldi. Men hali Moskvaga etib kelmasimda, Sashaning oyoq mushaklari shikastlandi. Ultratovush tekshiruvida muammoni aniqlay olishmagan, ukol qilish kerak edi. Oddiy e’tiborsizlik bo‘lgan. Futbolchini asosiy guruhga qo‘shishdi, jarohat kuchayib ketdi. Men shundan so‘ng etib keldim, - dedi Sergey Kolesnikov.
Qishki transferlar vaqtida har ikki futbolchi “Spartak”ni tark etdi. Aleksandr Kokorin “Fiorentina”ga, Oston O‘runov “Ufa”ga o‘tdi.
Qizig‘i shundaki, yangi jamoasi safida uchtadan uchrashuvda maydonga tushgan har ikki futbolchi yana jarohat olib safdan chiqdi.
Fikrlar