O‘runov ustozsiz qoldi!

  • 4 aprel, 2021, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining 24-turida Moskvada “Dinamo”dan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan “Ufa” bosh murabbiyi Rashid Rahimov o‘yindan keyin iste’fo berdi va uning qarorini klub rahbariyati qabul qildi.

Tecno

O‘tgan mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan ufaliklar bu gal evrokubok yo‘llanmalari uchun kurashishi kutilgan edi.Biroq mavsum omadsiz boshlandi va ko‘p ochko yo‘qotildi. Natijada 2020 yilning 11 oktyabrida Vadim Evseev o‘rniga jamoa boshqaruviga Rashid Rahimov taklif etildi va unga “Ufa”ni premer-ligada olib qolish vazifasi yuklatildi.

6187098cbe91d21a0d9f65618e6632f05d92564b2a787971897236

Uning qo‘l ostida ufaliklar “Tambov”ni 4:0 va “Rostov”ni 1:0 hisobida engdi. Biroq, bu natijalar eski yilda qolib ketdi. Rostovliklar bilan bo‘lgan g‘alabali o‘yindan beri, Rashid Rahimov shogirdlari biror marta bo‘lsa ham, uch ochkoni qo‘lga kirita olmadi. Ettita uchrashuvdan bir ochko olindi xolos. Futbolchilar faqatgina “Ximki”ga qarshi o‘yinda bitta gol ura oldi. To‘plar nisbati 1:12 ko‘rinishiga keldi. Buning oqibatida jamoa 15-o‘ringa tushib qolgan va xavfli hududdan chiqa olgani yo‘q.

Jamoani qutqarish uchun “Stok Siti”dan olingan Morits Bauer, “Olesunn”dan kelgan Pare Bizoza va “Spartak”dan qaytarilgan Oston O‘runov ham jamoaga yordam bera olmayapti. Yangi legionerlar orasida faqatgina o‘zbekistonlik yarim himoyachi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Lekin Oston ham o‘tgan yilgidek jamoasini g‘alabalarga etaklay olgani yo‘q.

- Rahimov jamoani uyg‘otish uchun ketdi. Bu aynan shu variantni tanladi. Biz u bilan do‘stmiz, Rashid Mamatqulovich jamoaga yordam berishga harakat qilyapti. Men unga bajargan ishi uchun katta rahmat aytaman. Rahimov jamoaga o‘zgacha uslub olib kirdi, lekin ba’zan shu ham etarli bo‘lmaydigan holatlar uchrab turadi. Men uchun uning iste’fosini qabul qilish juda og‘ir bo‘ldi.

“Ufa”ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘ladi? Buni hali bilmayman. Chunki Rahimovning ketib qolishi xayolimizda ham yo‘q edi. Keyingi uchrashuvgacha bosh murabbiy bo‘lmasligi 100 foiz aniq. Shoshilib qaror chiqarish yaramaydi. Jamoani o‘yinga yordamchi murabbiylardan biri tayyorlaydi.

Og‘ir vaziyat yuzaga kelganiga qaramay, men jamoaga, klubga va muxlislarga ishonaman. Oson bo‘lmaydi, lekin biz premer-ligada qolish uchun bor kuchimiz bilan oxirigacha kurashamiz.Hozir eng muhim masala – Grozniy shahrida bo‘ladigan Rossiya kubogining chorak finalidagi o‘yin. Bu juda muhim va keyingi bosqichga chiqishimiz kerak. Bu bahsdan uch kun o‘tib, “Axmat” klubi bilan chempionatning qiyin o‘yini bor, - dedi jamoa bosh direktorligini qabul qilib olgan Shamil Gazizov.

Q9tNeuVdmsM

Eslatib o‘tamiz, “Ufa” Oston O‘runovni Rossiya futboliga kashf etib bergan jamoa hisoblanadi. O‘tgan yilning boshida ufaliklar tarkibiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi kreativ o‘yini bilan mamlakatning etakchi klublari e’tiboriga tushdi.

Bir necha takliflar orasida Oston “Spartak” chorlovini qabul qildi va moskvaliklar tarkibiga qo‘shildi. Rossiyaning eng murakkab klubida O‘runov o‘zini ko‘rsatish uchun etarli imkoniyatga ega bo‘lmadi. Natijada qishki transferlar vaqtida ijara asosida “Ufa”ga qaytdi. Ufaliklar mavsum oxirida 3 million evro evaziga hamyurtimizning transfer huquqini to‘laligicha sotib olishi mumkin. Agar “Ufa” premer-ligadagi joyini boy bersa, bu transferning amalga oshmaslik ehtimoli katta bo‘ladi.

“Spartak”ga alam qilsin! Gazizov O‘runovni nima qilmoqchi ekanini aytdi

O‘runov – modalar qiroli!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!