
O‘runov ro‘yxatimizda bor edi...
“Spartak” jamoasiga tegishli bo‘lgan Oston O‘runovga jiddiq qiziqish bildirayotgani xabar qilingan “Ximki” klubi kuzatuv kengashi a’zosi Roman Teryushkov bu masala yuzasidan fikr bildirdi.
- O‘runov “Ximki”ga o‘tadimi? Hozir bu borada biror aniq fikr ayta olmayman.
Oston jamoaning kengaytirilgan ro‘yxatida bor. Va bundan ortiq ma’lumot berolmayman.
“Spartak” bilan muzokara o‘tkazayotganimiz haqida so‘rashyapti. Buni ham izohsiz qoldirganim ma’qul, - dedi Roman Teryushkov.
O‘runov o‘tgan mavsumni “Ufa” tarkibida o‘tkazdi.Boshqirdiston jamoasi quyi ligaga tushib ketganidan keyin legionerimiz “Spartak” jamoasiga qaytib keldi.
O‘Zbekiston terma jamoasi a’zosiga Moskvaning “Torpedo” klubi ham og‘iz solmoqda.
Fikrlar