O‘runov premer-liga klubi ko‘rigida qatnashgani bormadi! Endi nima bo‘ladi?

  • 13 iyul, 2022, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak”dagi legionerimiz Oston O‘runovga Rossiya premer-ligasining ikki vakili – “Ximki” va “Torpedo” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

“Ximki” kuzatuv kengashi a’zosi Roman Teryushkov o‘zbek futbolchisining ushbu jamoaga o‘tishi haqidagi xabarlarga yana bir bor izoh berdi.

volga (3)

Avvalgi intervyusida bu mutasaddi O‘runov jamoaga taklif etilishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilganini ma’lum qilgandi.  

- Oston O‘runov jamoaning ko‘rigidan o‘tish uchun yig‘inda ishtirok etgani yo‘q. Shu bois uning transferi bo‘yicha bir qarorga kelish ancha mushkul masala.

Jamoaga olinadigan nomzodlar nomi kiritilgan ro‘yxatimiz juda katta. Uni imkon qadar qisqartirib borishimiz talab etiladi.

Hozir O‘runov “Ximki”ga aniq o‘tadimi yoki yo‘q, buni ayta olmayman. Kelasi payshanbagacha nomzodlar ro‘yxatini qisqartirib, kimlarni taklif qilish bo‘yicha bir qarorga kelib olishni rejalashtirganmiz.

Avvalo, o‘zimiz qaysi va qanday o‘yinchilarni safimizga qo‘shib olish bo‘yicha bir to‘xtamga kelib olishimiz shart. Biz uchun jamoani ortiqcha o‘yinchilar bilan to‘ldirib qo‘yishdan saqlanish o‘ta muhim masala hisoblanadi.

Nomzod futbolchilarning barchasi zo‘r yigitlar. Lekin ularning har birini jamoaga qo‘shib olish imkonsiz, - dedi Roman Teryushkov.

Oston O‘runov 2020 yilning boshidan beri Rossiya premer-ligasida o‘z omadini izlab yuribdi. Iste’dodli yosh futbolchimiz Toshkentning “Lokomotiv” klubidan Rossiya premer-ligasi vakili “Ufa” tarkibiga o‘tganidan keyin kreativ o‘yini bilan ko‘plab jamoalar nazariga tushdi.

Lekin hamyurtimiz katta umidlar bilan “Spartak”ni tanlagani oxir-oqibat katta xato bo‘lib chiqdi. Rossiyada eng ko‘p muxlisga ega bo‘lgan klubda o‘zbekistonlik yosh futbolchiga etarli imkon berilmadi.

Oston keyinchalik yana ikki marta ijara asosida “Ufa”da o‘ynadi. Hujumkor futbolchimiz o‘tgan mavsumni ham Boshqirdiston jamoasida o‘tkazdi. Biroq, ufaliklar o‘tish turnirida quyi liga vakiliga imkoniyatni boy berib, premer-ligadan tushib ketdi.

O‘runov noiloj “Spartak”ga qaytdi. Moskvaliklar unga imkon bermasligini ma’lum qilgan.

Shu bois, “Ximki” va “Torpedo” uning faoliyatini qutqarib qolishi mumkin. Premer-liganing boshqa vakillaridan ham O‘runovga qtziqish borligi aytilmoqda. Chunki Oston o‘tgan chempionatning ikkinchi yarmida yuqori sport formasini tiklab olganini namoyish qila oldi va “Ufa” etakchilaridan biriga aylandi.

Shu o‘rinda, premer-ligaga yangi chiqqan “Torpedo” yana bir o‘zbekistonlik futbolchi  - “Paxtakor” vakili Hojimat Erkinovni o‘z safiga qo‘shib olganini ta’kidlash lozim. 21 yoshli hujumkor o‘yinchimiz moskvaliklar bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

image

Demak, O‘runov transferi atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etamiz. Tez orada yangilik bo‘lib qolishi mumkin!

“Roma” – “Sanderlend”: Abraxam yo‘q, asosiy rolda Shomurodov bo‘ladi!

Bu transferlar amalga oshsa, Shomurodov “Roma”dan ketgani ma’qul!

Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?

Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

O‘runovning ishlari yurishib ketdi. Ostonga Moskva klubi ham xaridor!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!