O‘runov o‘ziga xaridor jamoaga qarshi o‘ynaydi

  • 12 mart, 2021, 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futboliga kirib borganiga bir yildan oshgan Oston O‘runovning faoliyati asta-sekin yana iziga tushmoqda. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Ufa” safidagi ajoyib o‘yinlari bilan  etakchi klublar e’tiborini qozongan hamyurtimiz uchun joriy mavsum nihoyatda omadsiz boshlangandi. “Spartak” murabbiylar shtabi o‘zini ko‘rsatishga imkon bermagan futbolchimiz tanqidlar ostida qolib ketdi.

Tecno

Nihoyat, fevralda ijara asosida “Ufa”ga qaytgan O‘runov o‘yin amaliyatiga ega bo‘la boshladi. Ufaliklar tarkibida premer-liga va Rossiya kubogi musobaqasida jami uch marta maydonga tushgan futbolchimiz bitta golga assistentlik ham qildi. Biroq, Oston O‘runov Rossiya premer-ligasining avvalgi turida jarohat olib, “Ural”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuvning 41-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.

large

Keyinroq o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida, jarohat xavfli emasligi, oyoq mushagidan shikastlangan futbolchi tez orada safga qaytishi aniqlandi.

“Ufa” bosh direktori Rinat Shaybekov jurnalistlarga Oston O‘runov jarohatdan tiklanib bo‘lib, “Rubin”ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidladi.

- Oston O‘runov umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi, - dedi Rinat Shaybekov.

- Uning jarohati jiddiy emasmidi?

- Ha, oson qutildi. Son mushagi biroz cho‘zilgan ekan. Hozir hammasi ortda qoldi va ahvoli yaxshi.

- Demak, navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan ekanda?

- Albatta. Lekin o‘yinda kimlar ishtirok etishini murabbiylar shtabi hal qiladi.

vACOEOjll5U

Ta’kidlash joizki, Oston O‘runov jismonan baquvvat bo‘lishiga qaramay, o‘tgan yili yozda “Spartak” jamoasiga o‘tganidan keyin bir necha marotaba jarohat oldi. 20 yoshli futbolchimiz qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida ham kichik jarohatga yo‘liqib, moskvaliklarning “Paxtakor”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yubordi.

O‘runov mavsumning ikkinchi yarmiga “Spartak” jamoasi tarkibida tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa-da, chempionat va kubok o‘yinlarida “Ufa”  sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Ufaliklar uni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

Rossiya premer-ligasining 27-turida “Ufa” o‘z maydonida “Rubin” futbolchilarini qabul qiladi. Bu uchrashuv Oston O‘runov uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki qozonliklar yozda legionerimizga xaridor bo‘lgandi. Biroq, Shamil Gazizov o‘zi topib kelgan o‘yinchini “Spartak”ga joyladi.

Qishki transferlar vaqtida “Rubin” O‘runov transferi bo‘yicha moskvaliklarga yana rasmiy so‘rov yubordi. Biroq, “Spartak” rahbariyati legionerimizning transferi uchun 6 million evro talab qilgani, qozonliklarni fikridan qaytardi.

vse-znajut-chto-on-na-4-5-le

Ta’kidlash joizki, “Rubin” o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari uchun omadli jamoa hisoblanadi. O‘z davrida bir necha futbolchimiz bu klubda muvaffaqiyatli to‘p tepgan. Xususan, Fevzi Davletov, Andrey Fyodorov, Vitaliy Denisov, Vagiz Galiulin, Vadim Afonin, Marat Bikmaev, Davron Mirzaev, Bahodir Nasimov kabi o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari turli yillarda Qozon shahri jamoasi sharafini himoya qilgan.

“Ufa” – “Rubin uchrashuvi 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!