O‘runov Gazizovning cho‘ntagini to‘ldiradimi?

  • 22 fevral, 2021, 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runov yosh bo‘lishiga qaramay, boshidan ancha ishlar o‘tdi. Yurtimizda bir maromda barqaror o‘ynab yurgan yarim himoyachi katta umidlar bilan o‘tgan yilning boshida Rossiyaga yo‘l olgandi. Bir yil ichida boshidan nimalar o‘tmadi deysiz? Bu muddat ichida Rossiya premer-ligasidagi istiqboli porloq yosh futbolchidan o‘z jamoasiga kerak bo‘lmay qolgan va bosh og‘riq bo‘lgan ortiqcha o‘yinchiga aylanib qoldi.

Tecno

O‘runovning Rossiyadan qo‘nim topishiga “Ufa”ning o‘sha paytlardagi bosh direktori Shamil Gazizov katta yordam bergan edi. Aslida Ostonni TsSKAda kutishgandi. Biroq, viza masalasi tufayli futbolchimiz “armiyachilar” safiga qo‘shila olmadi. Bundan Gazizov foydalanib qoldi.

Xullas, yosh futbolchidagi katta salohiyatni payqagan Shamil Gazizov o‘zining yonidan bo‘lsa-da, pul sarflab, O‘runovni “Ufa”ga olib ketdi. Shu tariqa, u hamyurtimizni o‘ziga bog‘lab oldi. Yozgi transferlar vaqtida “Rubin” va TsSKA “Ufa”da ishonchli o‘yin namoqish etgan O‘runov transferi uchun “Spartak”dan ikki baravar ko‘p pul taklif qilgan bo‘lsa-da, Shamil Gazizov o‘zbek legionerini hech kimga berishni istamadi va o‘zi bilan yangi ish joyi – “Spartak”ga olib ketdi.

1596619050_urunov1

Afsuski, “Spartak”dagilar Ostonni Gazizovning o‘yinchisi sifatida qabul qildi. Uning salohiyati va iqtidoriga hech kim ishonch bildirgisi, imkon bergisi kelmadi. Gazizovning  “Spartak”dagi faoliyati bir necha oy davom etdi xolos. Klub rahbariyati uning transfer siyosatini ma’qullamadi va Gazizov “Spartak”dan ketdi. Bu Ostonning faoliyatiga ham bevosita   ta’sir qildi.

Katta ehtimol bilan, Shamil Gazizov yana “Ufa”da faoliyat yuritadi. Oston O‘runov ham ufaliklar safiga qaytdi. U ijara asosida to‘p suradi. “Spartak” o‘yinchining ketganini, “Ufa” esa uni qabul qilib olganini rasman ma’lum qildi.

- Ijara mavsum oxirigacha davom etadi, kelishuv summasini oshkor qila olmayman. Mavsum oxirida hammasi joyida bo‘lsa, O‘runovning transferini sotib olamiz, - dedi “Ufa” bosh direktori Rinat Shaybekov.

Jurnalistlarning aniqlashicha, o‘zbek futbolchisining “Ufa”da o‘ynashi ufaliklarga 5,5 million rublga tushadi. Oston oldida premer-ligadagi 11 ta uchrashuv va Rossiya kubogi bahslari bor (ko‘pi bilan uchta o‘yin). Kelishuvga ko‘ra, Oston har bir o‘yinda kamida 45-daqiqa o‘ynashi kerak. Agar jarhat oladigan bo‘lsa, bu holat o‘zgaradi.

O‘runovning 600 ming evrolik yillik maoshini to‘lig‘icha “Ufa” qoplab beradigan bo‘ldi. Ufaliklarda, shuningdek, mavsum yakunlanishi bilan O‘runovning transferini 3 million evroga to‘liq sotib olish huquqi bor. O‘z o‘rnida, qishki transferlar oynasi ochilishi bilan  Ostonni so‘ragan “Rubin”dan “Spartak”rahbariyati futbolchini qo‘yib yuborish uchun olti million evro talab qilganini ham eslatib o‘tish zarur.

Qizig‘i shundaki, Ostonning Rossiyaga ko‘chib o‘tishiga 150 ming evro sarflagan Shamil Gazizov futbolchimizning navbatdagi transferidan ham 50 foiz ulush olishi ma’lum bo‘ldi. Agar u o‘z ulushidan voz kechadigan bo‘lsa, legioner futbolchimiz “Ufa”ga ancha arzonga tushadi. Lekin  Gazizov mo‘may daromaddan voz kechmasa kerak.

EurfJQnWQAA-mNU

Biz uchun esa, Oston O‘runov muntazam ravishda maydonga tushishi muhim. Qaysi jamoa sharafini himoya qilishi ahamiyatsiz. Chunki O‘zbekiston milliy terma jamoasida doimiy o‘yin amaliyotiga ega futbolchilargina to‘p tepishga haqli.

O‘runovni kim “sindirdi” yoxud endi nima bo‘ladi?

“O‘runov “Spartak”ga qaytadi!”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!