
O‘rtoqlik o‘yini. Husanov "Old Trafford"da maydonga tushgan bahsda "Lans" MYuga engildi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida MYu "Lans"ga qarshi maydonga tushdi. Manchesterdagi muhtasham "Old Trafford" o‘yingohida kechgan bahsda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Manchester klubi safida gollarga Reshford, Antoni va Kazemiro mualliflik qildi. Frantsiya klubining yagona golini Sotoka kiritdi.
Ahamiyatlisi, "Lans" safida hamyurtimiz Abduqodir Husanov 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa, u "Old Trafford"da maydonga tushgan ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi.
Fikrlar