"Orol" B Pro-ligada o‘ynaydi

  • 17 mart, 2019, 18:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytga kelib A Pro-liganing 2019 yilgi mavsumida qatnashuvchi jamoalar nomi deyarli to‘liq ma’lum bo‘lib ulgurgan. Dastavval e’lon qilinganidek, “Mash’al”, “Neftchi”, “Sho‘rtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm” klublari A Pro-ligada ishtirok etadi. Ular qatorida e’tirof etilgan “Orol” klubi esa A Pro-ligada emas, balki B Pro-ligada qatnashish niyatida ekanini ma’lum qildi. Nukusliklar bu borada PFLga rasmiy murojaat bilan chiqishdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Tecno

Bilasiz, ayni paytda davom etayotgan PFL kubogi-2019 musobaqasi g‘olibi A Pro-liga yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. A Pro-ligada bo‘sh qolayotgan “Orol” jamoasining o‘rni ham PFL kubogi-2019 finalchisi bilan to‘ldiriladigan bo‘ldi. 

Shu boisdan ertaga soat 11:00da PFL kubogi yarim finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.  

Ta’kidlab o‘tamiz, PFL kubogi-2019 final uchrashuvi 22mart kuni bo‘lib o‘tadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!