“O‘rmonchi”lar “Siti” futbolchisi transferini hal qildi

  • 12 avgust, 11:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi boshlanishi arafasida “Nottingem Forest” tarkibini “Manchester Siti” futbolchisi Jeyms MakEyti bilan kuchaytiradigan bo‘ldi.

Tecno

Jurnalist Pol Teylor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berishicha, “Nottingem Forest” futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni ijobiy yakunlash arafasida turibdi.

Bundan avval 22 yoshli hujumkor yarim himoyachiga “Everton” ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. MakEytining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchining bahosi 20 million evroga teng.

Jeyms MakEyti “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klubning asosiy jamoasida barcha musobaqalarda jami 34 o‘yinda ishtirok etgan va 7 ta gol urgan.

“Shaharliklar” qaroriga ko‘ra, futbolchi  2022-2024 yillar davomida ikki mavsum “Sheffild Yunayted” jamoasida ijara asosida o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!