Onana, o‘rningga uchta zo‘ri bor!

  • 21 avgust, 09:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilning yozida ispaniyalik David de Xea “Manchester Yunayted”ni tark etganidan keyin bu jamoa yuqori malakali darvozabon topa olmayapti.

Tecno

Katta umidlar bilan olib kelingan Andre Onana ham ishonchni oqlamadi. Angliya Premer-ligasining birinchi turida darvozani qo‘riqlagan Bayindir qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, mag‘lubiyatga sababchi bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, sport bo‘limi va kadrlar bo‘yicha ishlaydigan mutasaddilari yangi darvozabon qidiryapti. Hozircha, ular uchta golkiperni nishonga oldi.

Emiliano Martines

Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan tajribali posbon “Aston Villa” darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Martines murakkab vaziyatlarda o‘z xarakteri evaziga jamoaga katta yordam bera oladi.

Senne Lammens

Lammens Belgiya chempionatida “Antverpen” sharafini himoya qilyapti. Ekspertlar bu posbonni kelajakni ko‘zlagan jamoa sotib olishi kerak, degan xulosani o‘rtaga tashlamoqda. Evropa futbolida Lammensning xaridorlari ko‘payib boryapti.

David de Xea

“Manchester Yunayted” mavsum oldidan “Fiorentina” bilan o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashi. Ispaniyalik darvozabonning mahorati Ruben Amorim va uning shtabidagilarga ma’qul keldi. David de Xea manchesterliklar safida 545 ta uchrashuvda maydonga tushib, 190 ta o‘yinda gol o‘tkazmagani uning mahoratidan dalolat beradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!