
"Oltin to‘p" sohibi Levandovskini shug‘ullantirishni xohlamadi
Fabio Kannavaro Polsha terma jamoasini boshqarmaydigan bo‘ldi. Bu haqda insayder Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, bundan avvalroq Polsha futbol federatsiyasi italiyalik mutaxassisga 2 yillik shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi. Bir necha kunlik muzokaralardan so‘ng Kannavaro bu taklifni rad etishga qaror qildi. U o‘z qarorini Polsha futbol federatsiyasi prezidenti bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi.
Buning sabablaridan biri JCh-2022 saralashining pley-off o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun qisqa muddat qolgani bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Polsha terma jamoasi 24 mart kuni mundial yo‘llanmasi uchun pley-offda Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar