"Oltin to‘p" loyiq futbolchiga berildi

  • 2 noyabr, 2024, 18:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Prezidenti Aleksander Cheferin yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to‘p"ning yangi egasi Rodri va Vinisius haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Vinisiusning har bir o‘yinda hakamlar bilan tortishishini, muhlislar bilan qanday muommolada bo‘lishini klub ko‘rib chiqishi kerak. Ispaniyalik yarim himoyachi Vinisiusdan ko‘proq golli vaziyatlar yaratgan, maydon markazida bo‘lishiga qaramasdan 12 ta golli uzatma bergan. Bundan tashqari u 72 ta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchramadi. Shu bilan birga "Evro-2024"ni yutib, turnirning va Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. 
 
Agar Rodri Madridning "Real" klubi tarkibida bo‘lganda Peres darhol "Oltin to‘p"ni so‘ragan bo‘lar edi. Futbol avvalambor sizdan xurmat va axloqni talab qiladi
" - deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi. 
 
 Eslatib o‘tamiz, 28 oktyabr kuni "Oltin to‘p"ni "Manchester Citi" futbolchisi Rodri qabul qilib oldi. "Qaymoqranglilar" esa bir necha oydan buyon Vinisius olishiga ishonayotgan edi, ammo bu voqea amalga oshmadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!