
"Oltin butsa" uchun kurash qanday ketmoqda?
Evropaning kuchli beshlik chempionatlari to‘purariga beriladigan an’anaviy “Oltin butsa” mukofoti uchun kurashayotganlar ro‘yxatida joriy haftadagi o‘yinlardan so‘ng ba’zi o‘zgarishlar bo‘ldi.
Kecha “Atalanta”ning 36 yoshli forvardi Fabio Kvalyarella dubl qayd etdi va ro‘yxatda 3-o‘rinda borayotgan Krishtian Ronalduga tenglashib oldi. “Barselona” forvardi Lionel Messi esa hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda. Undan bir pog‘ona pastda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bormoqda.
Quyida “Oltin butsa”ga da’vogarlik qilayotgan futbolchilarning kuchli o‘nligi bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Lionel Messi ("Barselona"): 25 gol;
2. Kilian Mbappe (PSJ): 24 gol;
3. Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya"): 19 gol;
4. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"): 19 gol;
5. Kshishtof Pentek ("Milan"): 18 gol;
6. Serxio Aguero ("Manchester Siti"): 18 gol;
7. Edinson Kavani (PSJ): 17 gol;
8. Muhammad Saloh ("Liverpul"): 17 gol;
9. Robert Skov ("Kopengagen"): 22 gol;
10. Luis Suares ("Barselona"): 16 gol.
Fikrlar