Olti futbolchi Mbappega joyini bo‘shatib beradi

  • 8 iyul, 2021, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Kilian Mbappeni olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun olti nafar futbolchini sotib yuboradigan bo‘ldi.

Tecno

Klub prezidenti Florentino Peres yozgi transferlar vaqtida nima qilib bo‘lsa ham frantsiyalik yulduzni Madridga olib kelishga bel bog‘lagan.

Kilian Mbappening o‘zi PSJ bilan yangi bitim tuzmayapti. Agar shartnoma tuzaladigan bo‘lsa, unga istalgan vaqtda “Real”ga o‘tib ketish imkoniyati aks ettirilgan band kiritilishini talab qilmoqda.

“Qirollik klubi” Mbappe transferini moliyalashtirish uchun Luka Yovich, Eden Azar, Alvaro Odriosola, Martin Edigor va Mariano Dias bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, tajribali himoyachi Rafael Varanning “Manchester Yunayted”ga transferi ham amalga oshish arafasida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!