Oliver Kan Levandovskining yana Myunxenga qaytishidan hayratda

  • 26 avgust, 2022, 18:12
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" bosh direktori Oliver Kan Chempionlar ligasi guruh bosqichi qur’a tashlash marosimida nima sababdan kulgani haqida fikr bildirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, "Barselona", "Inter" va "Viktoriya" Myunxen bilan bir guruhdan joy oldi.

“Robert Levandovski bir necha hafta oldin “Bavariya”ni tark etib, “Barselona” safiga o‘tgan edi. Kecha esa qur’a bizni Chempionlar ligasi guruh bosqichida yana birlashtirdi. Bu meni hayratda qoldirdi”, - deydi Kan “Bild” nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, u "Barselona"ni ham, Levandovskini ham hurmat qilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum ham "Bavariya" EChLning guruh bosqichida kataloniyaliklar bilan ham to‘qnash kelgandi. Har ikki uchrashuvda ham myunxenliklar raqibini bir xil 3:0 hisobida mag‘lub etishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!