
Olimpiya chempioni Emelyanenkoga qarshi jang qilmoqchi
Og‘ir vaznda Olimpiya chempioni Rahim Chaxkiev MMA kurashchisi Aleksandr Emelyanenkoga qarshi jang o‘tkazmoqchligini xabar qildi.
Shanbaga o‘tar kechasi Emelyanenko birinchi raundda nokautga uchratgan og‘ir atletikachi Mixail Koklyaevni boks qoidalari bo‘yicha jangda mag‘lubiyatga uchratdi. Jangdan so‘ng, 38 yoshli Emelyanenko har kim bilan boks qilishga tayyorligini bildirdi.
"Agar siz, so‘zlaringizga uchun javob bersangiz va kimgadir qarshi kurashishga tayyor bo‘lsangiz men boks bo‘yicha Olimpiya chempioni sizni jangga chaqiraman. Sizga janob, xaqiqiy boks qanday bo‘lishini ko‘rsatmoqchiman," - dedi matbuot xizmati 36 yoshli Chaxkievdan iqtibos keltirgan holda.
Rossiya boks federatsiyasi ushbu uchrashuvni o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
Chaxkiev 2017 yilda faoliyatini yakunlagan bo‘lib, uning hisobida 26 g‘alaba va uchta mag‘lubiyat bor. U 2008 yil Olimpiada chempioni bo‘lgan.
Fikrlar