
"Olimpik" Antaliyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi
"Olimpik" jamoasi bugun Turkiyadagi yig‘in doirasidagi so‘nggi ettinchi o‘yinini o‘tkazdi. Unda jamoa a’zolariga Gruziyaning "Kolxeti-1913" klubi raqib bo‘ldi.
Bahsda vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. "Olimpik" safida Po‘latxo‘ja Xoldorxonov va Mustafo Abdumannopov gol muallifiga aylandi.
Nazorat uchrashuvi
"Megasaray" stadioni, Antaliya.
"Olimpik" - "Kolxeti-1913" (Gruziya) - 2:1
Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 35, Mustafo Abdumannopov 65.
"Olimpik" tarkibida maydonga tushgan futbolchilar: Edem Nemanov (Shukron Yo‘ldoshev 46), Farruh Muxtorov, Mustafo Abdumannopov, Akbar Abdurasulov, Muhammadaziz Ibrohimov, Jaloliddin Sodiqov, Behruz Asqarov, Asad Jo‘raboev, Timur Mamasidiqov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Asad Saidxonov 46).
"Olimpik" matbuot xizmati.
Fikrlar