
"Olimpik" - "Mash’al" uchrashuvida VAR tizimidan foydalaniladi
Xabaringiz bor, Pro liga 2021 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra 3-pog‘onani band etgan “Olimpik” jamoasi Superligada 12-o‘rinni egallagan “Mash’al”ga qarshi o‘tish o‘yinida maydonga tushadi.
Superliga o‘tish o‘yinini yuqori darajada tashkil etish, ayniqsa unda shaffoflikni ta’minlash maqsadida 2 dekabr kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda Video Assistant Referee tizimidan foydalaniladigan bo‘ldi. Uchrashuvda VAR tizimi ishlashi bo‘yicha yuborilgan so‘rovni FIFA tasdiqladi va o‘yinni “Paxtakor” stadionida o‘tkazishga ruxsat berildi. Shu tariqa, Superliga yo‘llanmasi taqdiri hal bo‘ladigan uchrashuv avvalboshidan reja qilinganidek, “Jar” stadionida emas, balki “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi va 2 dekabr, payshanba kuni soat 16:00 da start oladi.
O‘zPFL matbuot xizmati
Fikrlar