Oksleyd-Chemberlen: Saloh bizga to‘pni uzatmaydi. Manedan so‘rashingiz ham mumkin

  • 22 sentabr, 2019, 13:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen "BBC Football Focus" efirining "Takliflarni to‘htating" ko‘rsatuvida chiqish qildi.

Tecno

U hazilakam tarzda "Muhammad Saloh hudbin, sababi..." iborasini tugatib qo‘yishi kerak edi.

"Saloh hudbinmi? Nima hazillashyapsizlarmi? Ha, Saloh bizga to‘pni uzatmaydi. Buni Manedan so‘rashingiz ham mumkin.

Aslida, Saloh hudbin emas, chunki u to‘purar. U shunday o‘ynashi kerak. Biz undan uzatmalarni kutishimiz kerak emas.

Uning o‘yin uslubi bizga g‘alabalar keltiradi! Shuning uchun xohlaganini qilsin. U gol uradi, biz yutamiz. Men baxtliman. Saloh istaganingcha o‘yna," - dedi 26 yoshli futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!