
OKMKning OChLdagi o‘yini uchun chiptalar qanchadan sotilishi ma’lum
OChL guruh bosqichi ikkinchi turida OKMK — "Eyr Fors" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Olmaliqliklar matbuot xizmati mazkur bahs uchun chiptalar 1 oktyabr sanasidan sotuvga chiqishini ma’lum qildi. Chiptalar narxi barcha joylar uchun 20.000 so‘mdan etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi, 2-tur doirasidagi OKMK — «Eyr Fors» uchrashuvi 2 oktyabr kuni, soat 17:00da «OKMK sport majmuasi» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar