
OKMKdan navbatdagi transfer
OKMK klubi boya Giorgi Papavaning transferini e’lon qilgandi. Endilikda navbatdagi transfer e’lon qilindi.
«Xorazm» futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Azizbek Bahromov 2003 yil 22 sentyabr kuni tavallud topgan. Faoliyati davomida Toshkentning «Chig‘atoy» va Xorazmning «Xorazm» jamoalarida to‘p tepgan yarim himoyachi, umumiy hisobda barcha musobaqalarda 55 o‘yinda maydonda harakat qilib, 12 bor raqiblar darvozasini aniq nishonga olgan.
Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, OKMK va futbolchi o‘rtasida 3 yillik shartnoma imzolandi.
Fikrlar