
OKMK yapon futbolchisining transferini e’lon qildi
Transfer oynasi yopilishiga sanoqli onlar qolishiga qaramay Olmaliq klubi selektsiya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda.
OKMK jamoasining Turkiyadagi yig‘inida 25 yoshli yaponiyalik Arixiro Sentoku ko‘rikdan o‘tdi va uning harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul keldi. 1998 yil 12 dekabrda Yaponiyaning Fukuoka shahrida tavallud topgan Arixiro Sentoku «konchilar»ning rasman futbolchisiga aylandi va tomonlar o‘rtasida 3 yillik shartnoma imzolandi.
OKMKning yangi legioneri faoliyati davomida «Kom», «Podgoritsa», «Iskra», «Rudar» (barchasi Chernogoriya), «Vozdovats» (Serbiya) kabi klublarda to‘p tepgan. Shuningdek, yarim himoyachi butun faoliyati davomida 176 ta o‘yinda maydonga tushib 18 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
OKMK matbuot xizmati.
Fikrlar