OKMK so‘nggi nazorat o‘yinida g‘alaba qozondi

  • 26 fevral, 2023, 18:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK Olmaliqda Navoiyning «Qizilqum» jamoasini qabul qildi. O‘yin yopiq eshiklar ostida o‘tkazildi.

Tecno

Uchrashuv qiziqarli kurashlarga boy o‘tdi. Dastlabki daqiqalardan OKMK ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Ko‘plab hujumlar uyushtirildi. 25-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng Sardor Rahmonov mehmonlar darvozasiga xavf soldi, ammo hisob ochilmadi. Shundan so‘ng olmaliqliklar hujumlari kuchaya boshladi. 37-daqiqada penalti ishlashdi. Ruben Sanches nuqtadan adashmadi – 1:0

Shuningdek, ikkinchi bo‘limda ham OKMK jamoasi to‘p nazoratida ustunlik qildi. Himoya chizig‘i anchayin tartibli harakat qildi. 64-daqiqaga kelib ko‘p sonli hujumlardan birida Mirjamol Qosimov darvoza tomon kuchli va aniq zarba yo‘lladi, ammo gol bo‘lmadi. 67-daqiqada ajoyib kombinatsiyadan so‘ng Oybek Rustamov Xurshid G‘iyosovni qulay uzatma bilan ta’minladi va Xurshid to‘pni darvozaga joyladi – 2:0

Ushbu hisob uchrashuv yakuniga qadar saqlanib qolindi va navbatdagi g‘alaba tantana qilindi.

Nazorat o‘yini

26 fevral, yakshanba

OKMK – «Qizilqum» - 2:0

Gollar: Sanches (36-pen), G‘iyosov (67)

OKMK: Valijon Rahimov, Dilshod Ahmadaliev, Abdulla Abdullaev, Sardor Rahmonov, Vitaliy Denisov, Oybek Rustamov, Mirjamol Qosimov, Siavash Xaqnazariy, Irakli Rukhadze, Ruben Sanches, Shohruh Gadoev

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Muhammad Ali Salim, Anzur Ismoilov, Xurshid G‘iyosov, Akramjon Komilov, Mirjahon Mirahmadov, Eldorbek Begimov, Martin Boake, Muhammadanas Hasanov, Sirojiddin Bashriddinov.

Ushbu nazorat o‘yini OKMK uchun so‘nggisi bo‘ldi. Keyingi uchrashuv rasmiy o‘yin hisoblanadi. Superliga doirasida OKMK 1-turda «Surxon» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv «Jar» stadionida soat 14:00 da start oladi.

OKMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!