
OKMK jahon chempionati ishtirokchisi bilan shartnoma imzoladi
O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini Toshkentning "Olimpik" klubida o‘tkazgan, huquqiy jihatdan bungacha "Turon" klubiga tegishli bo‘lgan chap qanot himoyachisi — Saidafzalxon Ahrorov keyingi faoliyatini OKMK jamoasida davom ettiradi!
2003-yilda Farg‘ona shahrida tavallud topgan chap qanot himoyachisi O‘zbekiston U19, U20 va U23 terma jamoalarida to‘p tepgan. Esingizda bo‘lsa, Argentinada o‘tgan U20 jahon chempionatida Saidafzalxon o‘zining yorqin o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi. Futbolchi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoamiz a’zosi hisoblanadi.
Saidafzalxon Ahrorov hozirgacha O‘zbekiston Superligasi bahslarida 13, Pro-Liga doirasida 15 va mamlakat kubogi bahslarida 4 marotaba rasmiy o‘yinlarda ishtirok etgan.
OKMK va futbolchi o‘rtasida ikki yillik shartnoma imzolandi.
Fikrlar