OKMK BAA yig‘inini yakunladi. Navbatdagi manzil Turkiya!

  • 5 fevral, 2024, 01:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning ilk xorij yig‘inida OKMK futbol klubi Birlashgan Arab Amirligida 20 yanvardan 3 fevralgacha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi va Toshkentga qaytib keldi. Ushbu 14 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, 3 fevral kuni qaytgan jamoa a’zolariga uch kunlik qisqa ta’til berildi.

Tecno

Shundan so‘ng, OKMK jamoasi 7 fevral kuni erta tongda Antaliya yig‘iniga jo‘nab ketadi.

Ikki hafta (7 fevral - 21 fevral) davomida Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga qizg‘in taraddud ko‘radigan OKMK yig‘in doirasida bir nechta nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

OKMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!