
Og‘ir atletikachilarimiz AQShga yo‘l olishdi
8-15 mart kunlari AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning sara sportchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ushbu turnirda o‘z omadini sinab qo‘lishadi.
Ayni paytga kelib, delegatsiyamizning bir qismi Las-Vegasda mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun terma jamoamiz quyidagi tarkibni olib ketishdi:
-55 kg: Og‘abek Nafasov;
-67 kg: Hojiakbar Olimov va Asadbek Narimonov;
-73 kg: Og‘abek To‘xtaev;
-96 kg: Mirhosil Mirzaboev;
-45 kg: Nigora Abdullaeva;
-59 kg: Nigora Suvonova;
-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva;
-76 kg: Tursunoy Jabborova.
Fikrlar