
Og‘ir atletika. O‘zbekiston chempionatining yana bir kuni ortda qoldi
Xabar berganimizdek, Chirchiq shahrida kichik o‘smirlar o‘rtasida (U15) O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 300 nafardan ortiq yosh polvonlar musobaqaning bugungi dasturida qizlar o‘rtasida -55 kg hamda 59 kg vazn toifasida, o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa -61 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazildi.
Quyida ikkikurash natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tamiz:
-55 kg (qiz bolalar)
Oltin - Kamola Kamilova - 141 kg (Xorazm v.)
Kumush - Rayxon G‘anieva - 140 kg (Andijon v.)
Bronza - Shaxrizoda Komilova - 115 kg (Xorazm v.)
-59 kg (qiz bolalar)
Oltin - O‘g‘iloy Raxmanova - 152 kg (ROPSTTM)
Kumush - Zarina Abdullaxaqova - 148 kg (Andijon OPSTTM)
Bronza - Gulxumor Maxsutova - 147 kg (QQR)
-61 kg (o‘g‘il bolalar)
Oltin - Azizbek Qutbiddinov - 204 kg (Namangan OPSTTM)
Kumush - Ali Jalg‘asov - 199 kg (ChOPSTTM)
Bronza - Abdullo Fralov - 191 kg (Samarqand v.)
Fikrlar