
OFKda hafta futbolchisi nomi ma’lum
Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti qo‘shni qit’alarda o‘ynayotgan osiyoliklar futbolchilar orasidan haftaning eng yaxshilarini aniqlab olishni yo‘lga qo‘ygan.
O‘tgan haftadagi so‘rovnomaga "Jenoa" futbolchisi Eldor Shomurodovning ham nomzodi qo‘yilgandi. Hamyurtimizning Italiya A Seriyasi 33-turida "Spetsiya"ga qarshi zaxiradan maydonga tushib, kiritgan goli uning e’tirof etilishiga sabab bo‘ldi.
Bu galgi so‘rovnomada g‘oliblikni "Portu" hujumchisi Mehdi Taremi qo‘lga kiritdi. Eronlik hujumchi o‘tgan hafta Portugaliya chempionatida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgandi.
Taremi ushbu so‘rovnomada 47,59 foiz, Shomurodov 34,9 va Allayar Sayyedmanesh 7,59 foiz ovoz to‘pladi.
Fikrlar