OFK rasmiy sayti AGMK ishtirokidagi o‘yinni e’tirof etdi

  • 17 aprel, 2021, 18:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK rasmiy sayti Chempionlar Ligasiga doir qiziqarli ma’lumot va maqolalarni taqdim etmoqda. Qit’a miqyosidagi birinchi manba bu safar 2-turda e’tiborga molik 5 ta jihat haqida fikr yuritdi. Biz uchun e’tiborlisi, AGMKning "Istiqlol"ga qarshi o‘yini ham eng muhimlar qatorida e’tirof etildi.

Tecno

"Tarixiy Markaziy Osiyo derbisi

AGMK va "Istiqlol" payshanba kuni o‘tkazilgan OChL ilk turidan mamnun. Boisi, o‘zbeklar 2019 yilgi turnir g‘olibi "Al-Hilol"ga qarshi tarixiy bellashuvda durangga erishdi. Tojikistonliklar esa, "Shabab Al-Ahli" bilan o‘yinda 1 ochko olishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu bahsdagi g‘alaba har bir ochko uchun kurashayotgan bu ikki jamoa uchun muhim. Ehtimol, qaysidir tomon mavsumdagi ilk 3 ochkosini qo‘lga kiritadi. Shu sababli, ular 2-turni sabrsizlik bilan kutmoqda. Bu tarixiy voqea bo‘ladi. Boisi, Markaziy Osiyo mamlakatlari klublari OChLda ilk bor to‘qnash keladi. Hozirga qadar ikki mamlakat jamoalari Chempionlar Ligasi final bosqichida bir-biriga qarshi maydonga tushmagan. Biroq yakshanba kuni "King Fahd International Stadium"da AGMK - "Istiqlol" uchrashuvi bilan bu an’ana buziladi.

Yaqin qo‘shnilar o‘rtasidagi o‘yin shunisi bilan ham muhimki, g‘olib tomon o‘zining guruh bosqichidagi pozitsiya va imkoniyatlarini ancha yaxshilab oladi",-deya yozib qoldirdi OFK rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!