OFK prezidenti O‘zbekiston terma jamoalari uchun qad rostlayotgan baza bilan tanishdi (Foto)

  • 12 may, 2022, 16:06
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Tecno

Bugun kunning birinchi qismida Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkent viloyatida terma jamoalar uchun qad rostlayotgan Do‘stlik bazasini ko‘zdan kechirish uchun qurilish maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur bazadan o‘rin olgan ob’ektlar, xususan, futbolchilar istiqomad qilishi uchun mo‘ljallangan mexmonxona, mashg‘ulot maydonchasi va zallari, stadion loyihasi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadigan tibbiy-tiklanish markazi, kutubxona, restoran, yashil hudud kabi ob’ektlarning aynan ushbu bazadan joy olishi aytildi.

Avvallari terma jamoalar uchun baza qurish orzu bo‘lgani, endilikda mana shu loyiha natijasida barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimiz, xususan, milliy va olimpiya jamoasi ham shu erda yig‘in o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishi ta’kidlandi. Bundan tashqari, mazkur futbol shaharchasidan 11-17 yoshgacha bo‘lgan 6 ta yosh toifasidagi akademiya tarbiyalanuvchilari tahsil olishi qayd etildi.

O‘z o‘rnida OFK prezidenti ham mazkur qurilish-loyihasi haqida ijobiy fikrda ekanligini aytib, bir nechta masalalar yuzasidan o‘zining takliflarini bildirdi.

photo_2022-05-12_12-44-32

photo_2022-05-12_12-44-31

photo_2022-05-12_12-44-32 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
grossmeester@mail.ru
13/05/2022 14:41
яхши жуда яхши
качон битар экан
шуни хам айтинглар