
OFK "Paxtakor" futbolchisini jarimaga tortdi
OFK tartib-intizom qo‘mitasi Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finaldan o‘rin olgan "Paxtakor"ning "Istiqlol"ga qarshi o‘yinining yakuni bo‘yicha qaror qabul qildi.
Uchrashuvda hakam sha’niga nomaqbul hatti-harakat qilgan «Paxtakor» klubi sardori Egor Krimets 5 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi. Ushbu mablag‘dan 1250 dollari uch oy ichida, qolgan 3750 dollari 2 yil ichida to‘lanishi mumkin.
Fikrlar