O‘FA vakillari Frantsiyadagi mashhur futbol markazi faoliyati bilan tanishdilar

  • 7 iyun, 2023, 08:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatida barpo etilayotgan O‘zbekiston terma jamoalari uchun markazini xalqaro standartlar asosida bunyod etish, jihozlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida futboli rivojlangan bir qator davlatlarning tajribalari o‘rganilmoqda.

Tecno

O‘FA rahbariyati FIFA taklifiga binoan dunyodagi eng mashhur futbol markazlaridan biri bo‘lgan “Klayrefontayn”da bo‘ldi. Frantsiyadagi mazkur infratuzilma 62 gektar hududda joylashgan bo‘lib, unda 8 ta maydon, futbol ilmiy-tadqiqot markazi, tibbiy-reabilitatsiya markazlari, konferents xonalar, fitnes va anjumanlar zali, milliy terma jamoalar uchun yotoqxonaga ega. Bundan tashqari, bu erda Frantsiya milliy futbol akademiyasi joylashgan bo‘lib, maskan jahon futboliga Teri Anri, Nikolya Anelka, Kilian Mbappe singari bir qancha yulduzlarni etkazib bergan.

o‘fa

O‘FA vakillari Toshkent viloyatidagi bazadan o‘rin oladigan obektlarni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar oldilar. Terma jamoalar markazida joylashishi ko‘zda tutilgan mashg‘ulotlar zali, ilmiy-tadqiqot markazi, reabilitatsiya markazi, mashg‘ulot maydonlari, yopiq sport kompleksi va konferentsiya xonalarini, futbolchilar yotoqxonasini jihozlash yuzasidan Frantsiya tajribasi o‘rganildi. Bir qancha loyihalarga qo‘shimchalar kiritilishi belgilandi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!