
O‘FA o‘zbek futbolidagi tarixiy voqelikka tayyorgarlik ko‘rmoqda
O‘FA Hakamlar va nazoratchilar bo‘limi mutaxassislari hamda FIFAning VAR bo‘yicha mas’ul vakillari ayni kunlarda FIFA mutasaddilari bilan "O‘zbekiston kubogi-2020" final uchrashuvida VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu uchrashuvda VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha FIFA VAR platformasiga zarur me’yoriy hujjatlarni yuklash ishlari olib borilmoqda.
Video yordamchi hakamlar (Video Assistant Referee) brigadasi yakuniy test sifatida ertaga bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi hamda “Paxtakor-W” vakillari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrtashuvida faoliyat olib boradi.
Ushbu hakamlarning o‘yin davomida ko‘rsatgan natijalari hisoboti FIFAga yuboriladi. Shundan so‘ng, 18 dekabr kuni VAR tizimini rasmiy uchrashuvda ishga tushurish bo‘yicha FIFA tomonidan yakuniy qaror chiqariladi.
Agar finalda VAR tizimidan foydalanilsa, bu - o‘zbek futbolida tarixiy voqeaga aylanadi. Sababi bu tizim rasmiy uchrashuvda foydalaniladi. Avvallari test rejimida ishlatilgandi.
Fikrlar