O‘FA "Navbahor"dan transfer ta’qiqini olib tashladi!

  • 25 fevral, 16:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita qishki transfer oynasi yopilishiga 22 soat vaqt qolganida "Navbahor" futbol klubiga qo‘yilgan yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha taqiqni olib tashladi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi.

Rasmiy xatda bayon qilinishicha, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mavjud qarzdorlikni 1 iyulgacha to‘liq bartaraf etish yuzasidan kafolat bergan. Qo‘mita esa qarzdorlik 24 aprelgacha bartaraf etilishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, OFK klublarni litsenziyalash jarayonining asosiy mezoni qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, "Navbahor" qarzdorlikni 1 iyul yoki 24 aprel sanasida emas, balki 29 martga qadar bartaraf etishi lozim. Aks holda klub OFK litsenziyasini qo‘lga kirita olmaydi. Liga esa O‘FA qo‘mitasining qarori asosida "Navbahor" klubiga MyLeague platformasini ochib beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!