Odil Ahmedov yana Rossiya chempionatiga qaytmoqchi ekanligiga sha’ma qildi

  • 4 aprel, 2019, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Faoliyatini Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida davom ettirayotgan hamyurtimiz Odil Ahmedov Rossiyaning Izvestiya nashriga bergan intervyusida yana Rossiya chempionatiga qaytish istagi borligini bildirdi.

Tecno

“Meni Xitoyda ajoyib kutib olishdi. Jamoa rahbariyati esa men o‘zimni bu erda qulay his qilishim uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Shunga qaramay baribir mentalitetda va tilda katta katta farq bor. Lekin aytishim mumkinki hozir men o‘zimni bu erda juda qulay his qila boshladim.

Albatta, Rossiyani sog‘inaman. Chunki u erda men 6 mavsum to‘p surdim. U paytlar mening futbolchilik faoliyatimdagi eng yorqin damlar sifatida bir umr xotiramda qoladi. Rus klublari mening evrokuboklarda o‘ynash orzuimni ushalishiga yordam berishdi. Qolaversa, rossiyalik ishqibozlar doim mening yonimda bo‘lishgan va meni qo‘llab-quvvatlashgan. Bu bebaho xotiralar.

Hozir ham Rossiya premer-ligasi klublaridan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorman. Men Rossiya chempionatini yuqori baholayman”, - deydi Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Rossiyada "Anji" va "Karsnodar" klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdurasul Pirxonov
04/04/2019 10:49
Зинетга келса.катта паворот буларди