Odil Ahmedov: Muxlislarni xursand qilish niyatim bor

  • 25 dekabr, 2019, 18:13
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha O‘FA va PFL “Yilning eng yaxshilari”ni taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov “Fidoyilik ramzi” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

Tecno

8091577202762

Ushbu marosimdan so‘ng Odil Ahmedov SPORTS.uz saytiga marosim va keyingi rejalari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Tadbir ajoyib tarzda o‘tdi. Shu fursatdan foydalanib, mukofotlarni qo‘lga kiritgan har bir futbolchi, murabbiy va boshqalarni futbolga qo‘shayotgan hissasi uchun barchani tabriklayman.

Mukofotimga keladigan bo‘lsak, bu men uchun juda ham katta motivatsiya. O‘zbek futboli uchun kelajakda ham o‘z hissamni qo‘shib, qo‘limdan kelgancha yordam berishga harakat qilaman.

8701577211295

Keyingi rejalarim? Hozirgi klubim “Shanxay SIPG”da qolaman. Keyingi yili hudo xohlasa, O‘zbekiston milliy terma jamoasida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilish niyatim bor, - dedi Odih Ahmedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
DJ UZBEKISTAN
03/02/2020 13:01
Odil Ahmedov gapda emas futbolda qobiliyatingni ko'rsat mujik.!
&
Surxon turon
26/12/2019 09:26
Илохим ниятинга ет
Baxil Alixujaev
25/12/2019 18:32
Маглубларни такдирлашмас эди! Бу Одил Ахмедов ута латтачайнар, нахотки сардорлик богичи шундай бушанг ва ландовурларга топширилса? Сардор буш булса, бутун жамоа хам буш булади! Одил урнида эркакка ухшаган бошка йигит булганда 1-2та уйинда Сергеев ва Лобановларни командага кайтолмайдиган килиб ташларди