
"Oddiy odamga aylanib qoldim"
Ayni paytda AQShda “Inter Mayami” sharafini himoya qilayotgan mashhur hujumchi Gonsalu Iguain faoliyati haqida gapirdi.
- AQShda futbol u darajada mashhur emas. Bosim asosan boshqa sport turlarida kuzatiladi. Lekin futbol ligasi ham rivojlanib bormoqda. Gol urolmasam, muxlislar va jurnalistlar tanqid qilmaydi, bosim uyushtirmaydi. Men ko‘chaga chiqib, biror narsaga navbatda turishim mumkin. Oddiy odamga aylanib qoldim. Bu ajoyib hissiyot. Menga aynan mana shu kerak edi.
Faoliyatimni tugatsam, futbol ichidan ish qidirmayman. Bor e’tiborimni oilamga va do‘stlarimga ajrataman. Oshpazlik sohasiga qiziqishim bor.
Men maydonda Lionel Messini ham, Krishtianu Ronalduni ham yaxshi tushunar edim. Ular nima xohlayotganini bilardim va shuning uchun har ikkisi menga ishonardi, - dedi Gonsalo Iguan.
Ta’kidlash joizki, Iguain Argentina terma jamoasida Messi bilan birga o‘ynagan bo‘lsa, “Real”da va “Yuventus”da Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlik qilgan.
Fikrlar